Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1111-1-son)
19.06.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyunda 1111-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-sonli “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (2-ilova) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 29-dekabrdagi 130-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga (2002-yil 14-mart, roʻyxat raqami 1111 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 5-son) ilovaga* asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-aprel,
29-son
