Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (123-son)
23.06.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida axborotlarni toʻplash va qayta ishlashning tashkiliy-funksional sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tarkibiy hududiy boshqarmalari, boʻlimlarini yagona axborot-kompyuter tarmogʻiga ulashning reja-jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur va reja-jadvalning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin;
soliq va valyuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va qonun buzilishlari, qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritishni taʼminlasin.
4.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-iyun,
123-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi 123-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi 123-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida axborotlarni toʻplash va qayta ishlashning tashkiliy-funksional sxemasi
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi 123-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tarkibiy hududiy boshqarmalarini, boʻlimlarini yagona axborot-kompyuter tarmogʻiga ulashning R E J A –J A D V A L I
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 236-modda; 2017-y., 24-son, 497-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
