Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 8, 71-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-35-son)
21.06.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar, № 12, 415, 416-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga, biroq bir vaqtning oʻzida ellik foizdan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytirgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga haqlidirlar”;
2)71-modda birinchi qismining 24-bandidagi “Teleradio-kompaniyasining” degan soʻz “milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-iyun,
№ OʻRQ-35-son
