Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1589-son)
04.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 4-iyulda 1589-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 38-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtkanidan soʻng kuchga kiradi.
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyun,
15-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyun,
5-son
