Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (131-son)
06.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga quyidagi tahrirdagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni”;
birinchi—oʻn uchinchi xatboshi tegishli ravishda ikkinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
131-son
