Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3767-son)
06.07.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmon va qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
PF-3767-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF–3767-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-noyabrdagi PF–3680-sonli Farmoni ilovasining 22-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ–255-sonli qarori 5-ilovasining 28-bandidagi “Tadbirkor” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
