2-modda. Sugʻurta shakli
Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida (866-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Safar (parvoz) vaqtida yoki tayyoragoh, shohbekat, bekat, bandargohda roʻy berishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalardan majburiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilari muqarrar tarzda sugʻurtalanadilar.
Quyidagilar:
shahar atrofiga qatnovchi temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilari;
shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yoʻlovchilari;
bir viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yoʻlovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy sugʻurta qoʻllanilmaydi.
