30-modda. Mahsulot belgisidan qonunga zid ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Bir xil mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisidan yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgidan ushbu Qonun 18-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga zid ravishda foydalanganlikda aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
2. Mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslar belgi egasining talabiga muvofiq:
belgi egasining ishbilarmonlik obroʻsini qayta tiklash maqsadida sud qarorini oʻz hisoblaridan eʼlon qilishga;
mahsulot belgisidan yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgidan foydalanishni toʻxtatishga, shuningdek belgi egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻla qoplashga yoki belgidan qonunga zid ravishda foydalanish davrida olingan bor foydani belgi egasiga berishga;
mahsulot belgisi yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgini mahsulotdan yoki uning oʻrovidan olib tashlashga, mahsulot belgisining yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgining tayyorlab qoʻyilgan tasvirini yoʻq qilib tashlashga majburdirlar.
