28-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
2. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi:
ushbu Qonun 9-moddasining 2-bandiga muvofiq yagona sifatli yoki boshqa umumiy xususiyatlarga ega boʻlmagan mahsulotlarda jamoa belgisidan foydalanilganligi sababli Oliy sud guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisida chiqargan qaroriga binoan;
ushbu Qonun 19-moddasining 4-bandiga muvofiq mahsulot belgisidan foydalanilmaganligi sababli Oliy sud guvohnomaning amal qilishini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisida chiqargan qaroriga binoan;
ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq guvohnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda;
yuridik shaxs boʻlmish mahsulot belgisining egasi tugatilgan taqdirda;
mahsulot belgisi maʼlum turdagi mahsulotlarni ifoda qiluvchi belgi sifatida umumiy isteʼmolga kirib ketgan belgiga aylanib qolgan hollarda Oliy sudning qaroriga binoan;
mahsulot belgisining egasi undan voz kechgan hollarda muddatidan ilgari toʻxtatiladi.
