2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin “Patent idorasi” deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini muhofaza etish sohasida davlatning yagona siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, guvohnomalar beradi, davlat reyestrlarini yuritadi, rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi, ushbu Qonunning qoʻllanilishiga oid tushuntirishlarni chop etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
2. Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik amallar uchun Patent idorasi tomonidan olinadigan patent boji, davlat budjeti mablagʻi, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haq Patent idorasining faoliyatini mablagʻlar bilan taʼminlashning manbai hisoblanadi.
