18-modda. Mahsulot belgisiga boʻlgan mutlaq huquq
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Mahsulot belgisining egasi ushbu belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan undan oʻzga shaxslar foydalanishiga ruxsat berish yoki taqiqlab qoʻyishda mutlaq huquqqa egadir. Tovar belgisiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishdan iborat mutlaq huquq ham tovar belgisining egasiga tegishlidir.
Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan mahsulot belgisidan uning egasi ruxsatisiz hech kim foydalana olmaydi.
Tovar belgisini nashr etganda, uni koʻpchilik oldida ijro etganda yoki undan oʻzgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining oʻziga ham, uning belgilariga ham biror-bir oʻzgartish kiritishga faqat uning egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tovar belgisining daxlsizligiga boʻlgan huquq tovar belgisining egasiga tegishlidir.
2. Mahsulot belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgining ruxsat olmagan holda xoʻjalik muomalasiga kiritilishi mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzish deb topiladi.
