24-4-modda. Soliq imtiyozlari
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (856-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Chet el valyutasidagi tushum, xususan:
xayriya maqsadlarida iona yoʻsinida tushgan chet el valyutasidagi mablagʻlardan, bu mablagʻlar moʻljallangan maqsadlarga ishlatilgan taqdirda;
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning aksiyalari brokerlik oʻrinlari, qimmatli qogʻozlari haqini toʻlashdan ustav kapitaliga tushgan omonatdan;
valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi mablagʻlaridan soliq olinmaydi”.
8. 35-modda:
“g)” bandchasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Qizil Yarim oy jamiyati va ular taʼsis etgan korxonalar va tashkilotlar mol-mulkiga, ushbu mablagʻlar jamgʻarma va jamiyatning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan; diniy birlashmalar va tashkilotlar mol-mulkiga;”
9. 39-modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Mahsulotlarni chet el valyutasida sotishdan (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan), sotuvdan boʻlak operatsiyalar natijasida, shuningdek oʻzga tadbirkorlik faoliyatidan kelgan tushum Oʻzbekiston Respublikasining, chet ellik sheriklari bilan hisob-kitob ishlarini olib boradigan, vakolatli banklaridagi schyotlarga oʻtkazilishi shart, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzgacha yoʻl tutishga ruxsat bermagan boʻlsa.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
856-XII-son
