“12-modda. Davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (852-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Davlat korxonasini xoʻjalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
2. Quyidagilar xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) boʻlishlari mumkin:
mehnat jamoasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari;
davlat boshqaruvining respublika va mahalliy idoralari”.
14. 14-modda:
uchinchi bandidagi “respublika (kommunal) mulki” degan soʻzlar “davlat yoki kommunal mulk” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “davlat mulki obyektlarini” degan soʻzlar “mulk obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 16-modda:
ikkinchi bandining toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin.
16. 19-modda:
birinchi bandidagi “shu erdan pensiyaga ketgan mehnat faxriylariga” degan soʻzlar “mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandi quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qoʻshilmaydi”
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
852-XII-son
