Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoni) (117-son)
16.06.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Respublika tijorat banklarini rivojlantirish va jihozlashda yordam koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 3-yanvardagi 1-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Madad” agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyuldagi 292-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 25-modda) 1-bandining uchinchi—oʻn ikkinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat bankining moliyaviy ahvolini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 23-sentabrdagi 449-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyun,
117-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-iyundagi 117-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 24-martdagi 96-son qarorining 12-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 2-ilovaning “Organning nomi” ustuni toʻrtinchi pozitsiyasidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) 1-ilovaning 10-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
