Kon qazib olish korxonalarining yoʻl transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1579-son)
07.06.2006
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BuyruGʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyunda 1579-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ]
“Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. “Kon qazib olish korxonalarining yoʻl transportidan foydalanishda ishlarning xavfsizligi qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-fevral,
29-son
