Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-son qarori) (112-son)
09.06.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-iyun,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-yanvardagi 54-f-son farmoyishi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son qarorining 1-bandi, shuningdek, qarorga 1, 2, 2a-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 121-son qaroriga ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 28-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-martdagi 147-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 34-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
