Tayyor toʻqimachilik mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1576-son)
31.05.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 31-mayda 1576-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan Tayyor toʻqimachilik mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-may,
43-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-may,
2006-27-son
