Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1575-son)
23.05.2006
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-mayda 1575-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. “Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamga qoldirilsin.
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-fevral,
27-son
