Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori) (92-son)
22.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-may,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 3.3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish haqida qaror qabul qilgan yoki korxonani tugatish vazifasi ularga sud qarori bilan yuklangan korxonaning muassislari (qatnashchilari) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatishni amalga oshirish tartibi va muddatlarini koʻrsatgan holda uni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadilar. Korxonani tugatish vazifasi sud qarori bilan korxonaning muassislariga (qatnashchilariga) yoki taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan organiga yuklangan taqdirda ular roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tugatish komissiyasi aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etadilar”;
b) 3.6-bandga quyidagi tahrirdagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda oraliq tugatish balansini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish talab etilmaydi”;
v) 3.8-bandga quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Korxona ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda tugatish balansini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishib olish talab etilmaydi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalar blankalari tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 78-modda),
a) qarorga 1-ilova 3-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyaning amal qilish muddati (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun)”;
b) qarorga 2-ilova 7-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziyalarning amal qilish muddatlari (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun);
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ularning amal qilish muddatini uzaytirish (amal qilishi cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun), amal qilishini toʻxtatib qoʻyish va tiklash asoslari va sanalari”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasini hamda litsenziyalar blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga 1-ilovaning “Litsenziyaning amal qilish muddati ___________” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasi obyektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari toʻgʻrisida” 2002-yil 21-noyabrdagi 402-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisidagi bitimlarda va faoliyat shartlarida muayyan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan davrda xususiylashtirilgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarining faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirish faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) qarorga ilovada:
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan yagona yondashuvlar va talablarni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar tomonidan ulgurji va chakana savdoni amalga oshirish, shuningdek jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish va ular tomonidan chakana savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi”;
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ulgurji savdo — tijorat maqsadlarida yoki oʻz ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdinasiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish”;
II boʻlim nomidagi “roʻyxatdan oʻtkazish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, faqat ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi tuman (shahar) hokimliklarida ulgurji savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan taqdirda, shugʻullanishlari mumkin”;
4—9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “ruxsat guvohnomasi” soʻzlari “litsenziya” soʻzi bilan almashtirilsin;
III boʻlim nomidagi “roʻyxatdan oʻtkazish va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
13—18-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
21-bandning uchinchi xatboshidagi “chakana savdoni amalga oshirish uchun ruxsat guvohnomasiga ega boʻlishlari kerak” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yuridik shaxslar”;
3-bandning oʻn ikkinchi xatboshiga “muvofiq boʻlgan taqdirda” soʻzlaridan keyin “yakka tartibdagi tadbirkorlarga” soʻzlari qoʻshilsin;
67-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“67. Pivo kuchsiz alkogolli mahsulot hisoblanadi va V boʻlim talablari pivoni sotishga tatbiq etilmaydi. Sotish joyi cheklanmasdan pivoning:
yuridik shaxslar tomonidan;
chakana savdoga ruxsatnoma boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslar tomonidan sotilishiga yoʻl qoʻyiladi”;
b) qarorga 2-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt — bu umumiy ovqatlanish sohasida kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxsdir*”;
9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umumiy ovqatlanish savdo obyektlarining ish rejimi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mustaqil ravishda, sanoat korxonalari,muassasalar, oʻquv yurtlari huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining ish rejimi esa — maʼmuriyat va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
26-bandda:
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“standartlar, texnik shartlar talablariga javob bermaydigan tovarlarni, mahsulotlarni sotish, mahalliy yigʻimlarni toʻlamaslik yoki oʻz vaqtida toʻlamaslik”
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “va faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 22-bandning birinchi xatboshidagi “ularning muddatlarini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 24-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) V boʻlim nomidagi “uning amal qilish muddatini uzaytirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 34-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yo) 35-bandning birinchi xatboshidagi “Amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 40-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 42-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-fevraldagi 67-son qaroriga ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
48. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 11-bandning ikkinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-bandning ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;
b) 9-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidan “va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
b) qarorga 20-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
