Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (90-son)
18.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2005-yil 16-dekabrdagi OʻRQ–12-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 86-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-may,
90-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari va hududiy arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravarigacha miqdorda jarimalar solish huquqiga ega”;
b) 7-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10 foiz — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va unga idoraviy mansub hududiy davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga yoʻnaltiriladi”.
