Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1571-son)
06.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 1571-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 10-son, 69-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1998-yil, 7-son, 24-modda) asosan buyuraman:
1. Sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* binoan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-fevral,
11-son
