Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti gʻaznachilik ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasini tasdiqlash haqida (1570-son)
03.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BuyruGʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-mayda 1570-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–3618-sonli Farmonining 1-ilova IV boʻlim 6-bandi ijrosini amalga oshirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti gʻaznachilik ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda keltirilgan.
2. Ushbu buyruq moliya va gʻaznachilik organlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va davlat maqsadli fondlar taqsimlovchilariga joriy etilsin.
3. Mazkur buyruq 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-aprel,
37-son
