Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov va baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash haqida (1569-son)
02.05.2006
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining
BuyrUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 2-mayda 1569-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli “Biologik resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda ov va baliq ovlash qoidalarini tartibga solish va ularga amal qilinishini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Ov va baliq ovlash qoidalari” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda keltirilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq amalga kiritilishi bilan, 1997-yil 15-aprelda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi raisi A.Sh. Xabibullayev tasdiqlangan (1997-yil 1-may, roʻyxat raqami 337) “Ov va baliq ovlash qoidalari” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi raisi B. ALIXANOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-mart,
27-son
