“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida (PF-3750-son)
05.05.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yoʻli bilan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʻlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʻlar berishni yanada kengaytirish maqsadida:
1. “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida;
ilovaga muvofiq, uning aksiyadorlari tarkibi va ustav sarmoyasini koʻpaytirish toʻgʻrisida “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qaroriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining takliflariga rozilik berilsin.
5. Quyidagilar “Mikrokreditbank” resurs bazasini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasini shakllantirishga yoʻnaltiradigan mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007—2010-yillar mobaynida Markaziy bankning respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiradigan foydasi hisobidan yillik 2 foiz stavka boʻyicha 10 yil muddatga 10 mlrd. soʻm miqdorida beriladigan har yilgi ssudalar;
6. Belgilansinki, mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bogʻliq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash shartnoma summasining 0,1 foizi stavkasi boʻyicha amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
“Mikrokreditbank” filiallarining Kredit axboroti davlat reyestrini yuritish departamentining maʼlumotlar bazasiga kirishini taʼminlasin hamda qarz oluvchilarning kredit tarixi boʻyicha oʻzining maʼlumotlar bazasini yaratishda “Mikrokreditbank”ka yordam koʻrsatsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etishda “Mikrokreditbank”ka koʻmaklashsin.
8. “Mikrokreditbank” 2018-yilning 1-yanvarigacha:
foyda va mulk soliqlari toʻlashdan;
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlardan tashqari);
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
berilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 5-may,
PF-3750-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoniga ILOVA
“Mikrokreditbank” ATB aksiyadorlari tarkibi
T/r Aksiyadorlarning nomlanishi Summa 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 50 mln. doll. (ekvivalentda)1 2. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi 1 mlrd. soʻm. 3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2 mlrd. soʻm. 4. “Asaka” bank 1,5 mlrd. soʻm. 5. Paxta-bank 1 mlrd. soʻm. 6. Oʻzsanoatqurilishbank 1 mlrd. soʻm. 7. “Oʻzbekinvest” MK 1 mlrd. soʻm. 8. “Oʻzagromashservis” assotsiatsiyasi 0,5 mlrd. soʻm. 9. “Oʻzbekneftgaz” MXK 1 mlrd. soʻm. 10. “Oʻzximprom” AK 0,5 mlrd. soʻm. 11. Savdo-sanoat palatasi 0,5 mlrd. soʻm. 12. “Oʻzbektelekom” AK 1 mlrd. soʻm. 13. “Tadbirkor” ATB xususiy aksiyadorlari 4 mlrd. soʻm. Jami 15 mlrd. soʻm. va 50 mln. doll. (ekvivalentda)
1 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-2006-yillardagi respublika budjeti daromadlariga yoʻnaltirilgan foydasi va va Hukumat valyuta aktivlarining bir qismi hisobidan soʻm ekvivalentida kiritiladi.
