“Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (658-XII-son)
03.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
uch oy mudddat ichida “Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilmaslik va sanitariyaga doir, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarini oʻtkazmaganlik oqibatida odamlar salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilgan zararning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, ayrim shaxslar tomonidan toʻlanishi tartibi toʻgʻrisida”, “Sanitariya qonunlari buzilgan hollarda diagnostika choralariga, davolash va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlariga qilingan harajatlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida”, “Sanitariya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar undirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomlarni tasdiqlasin;
1992-yilning 1-dekabriga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonunga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
658-XII-son
