Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida koʻrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.
Zaxira yerlar yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida boʻladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berishga moʻljallanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-152653
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 78-modda. Zaxira yerlar Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi. neolex.uz/uz/laws/land/78 (lex.uz/docs/-152653)