Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 28.10.2022 · Amalda
Ushbu Kodeksning 213-moddasida nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan davrda xodimning ish oʻrni (lavozimi) saqlanib qoladi va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Taʼtil davrida xodimning ish oʻrnini (lavozimini) saqlab qolish va xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar mehnat shartnomasi:
ish beruvchining tashabbusiga koʻra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga muvofiq;
ish beruvchining tashabbusi bilan bogʻliq boʻlmagan asoslarga koʻra bekor qilinganda qoʻllanilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6257288
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 215-modda. Taʼtilda boʻlgan davrda xodimning ish oʻrni (lavozimi) saqlanishining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. neolex.uz/uz/laws/labor/215 (lex.uz/docs/-6257288)