Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi · Sana: 24.12.1998 · Amalda
Fuqarolar oʻzlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan oʻz pay badallari qismini toʻlagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning aʼzosi deb tan olinadi.
Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini toʻlagan fuqarolar faoliyat koʻrsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi boʻlishlari mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-106136
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi. neolex.uz/uz/laws/housing/97 (lex.uz/docs/-106136)