Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi · Sana: 24.12.1998 · Amalda
Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati oʻtganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati oʻtgunga qadar bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma xuddi oʻsha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi.
Turar joy arendasi shartnomasining muddati oʻtganidan keyin shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-106136
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi. neolex.uz/uz/laws/housing/95 (lex.uz/docs/-106136)