Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi · Sana: 24.12.1998 · Amalda
Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga koʻra yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-106136
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 18-modda. Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi. neolex.uz/uz/laws/housing/18 (lex.uz/docs/-106136)