Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi · Sana: 24.12.1998 · Amalda
Almashtirish boʻyicha olingan turar joyga koʻchib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgani toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan hujjatlari koʻrsatiladi. Hujjat (order) qatʼiy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi.
Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-106136
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 113-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi. neolex.uz/uz/laws/housing/113 (lex.uz/docs/-106136)