Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud ushbu Kodeks Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi.
Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111453
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 54-modda. Jazo tayinlashning umumiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal/54 (lex.uz/docs/-111453)