5468-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatiga nisbatan — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yoxud yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalariga, shuningdek sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sobiq sudyalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan;
