5463-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Quyidagilar daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslar deb hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani);
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlari, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil;
6) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlarining deputatlari;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining va tumanlararo maʼmuriy sudlarning sudyalari, sudya sifatida ishlagan davrida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan — sobiq sudyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar orasidan saylangan aʼzolari;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda);
10) prokurorlar, tergovchilar va surishtiruvchilar;
11) xizmat vazifasini bajarish chogʻida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari);
