52119-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi ushbu Kodeksning 5216-moddasida belgilangan talablarga muvofiq chiqariladi va sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqli.
Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi ushbu Kodeks 5216-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.
