Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Hukm eʼlon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning koʻchirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat koʻchirma nusxa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/475 (lex.uz/docs/-111460)