Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan boʻlsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin boʻlib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan eʼtiboran sud majlisi zalida hozir boʻladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish boʻyicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno.
Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning oʻrnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/407 (lex.uz/docs/-111460)