Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/387 (lex.uz/docs/-111460)