Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qoʻllanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan boʻlsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini koʻrsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni notoʻgʻri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan oʻzga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborishning oqibati boʻlsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 363-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/363 (lex.uz/docs/-111460)