Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/354 (lex.uz/docs/-111460)