Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qatʼi nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida koʻrishi shart.
Prokuror oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori koʻrsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 33-modda. Prokuror Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/33 (lex.uz/docs/-111460)