Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgandan soʻng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 317-modda. Muddatni tiklash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/317 (lex.uz/docs/-111460)