Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Guvohlantirish oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish oʻtkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan boʻlishi lozim.
Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan soʻng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111460
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/criminal-procedure/147 (lex.uz/docs/-111460)