122-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi · Sana: 30.04.2023 · Amalda
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) tegishli mahalliy budjetlarni koʻrib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash;
3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish;
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
