Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 22.01.2018 · Amalda
Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat etish huquqiga ega.
Davlat boshqaruvi organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ish yuzasidan xulosalar berish uchun sud tomonidan sud protsessida ishtirok etishga jalb qilinishi yoki oʻz tashabbusi bilan protsessga kirishishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3517337
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 52-modda. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning protsessda ishtirok etishi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/civil-procedure/52 (lex.uz/docs/-3517337)