Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 22.01.2018 · Amalda
Toʻplangan materiallar yoʻqolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli boʻlmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda daʼvo taqdim etishga haqli.
Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uning saqlanish muddati bilan chegaralanmaydi. Biroq yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan uni ijro etish maqsadida murojaat qilingan, bu vaqtga kelib ijro varaqasini ijroga qaratish muddati oʻtgan va u sud tomonidan tiklanmaydigan boʻlsa ham sud ish yuritishni tugatadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3517337
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 344-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/civil-procedure/344 (lex.uz/docs/-3517337)