Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Majburiy sugʻurta bunday sugʻurta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi.
Majburiy sugʻurta sugʻurta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yoʻlovchilarni majburiy sugʻurtalash bundan mustasno boʻlib, bu sugʻurta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning oʻz hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Majburiy sugʻurtalanishi lozim boʻlgan obyektlar, ular sugʻurtalanishga sabab boʻladigan xavflar va sugʻurta summasining eng kam miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 923-modda. Majburiy sugʻurtani amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/923 (lex.uz/docs/-180552)