Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Koʻchmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Koʻchmas mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 854-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining shakli Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/854 (lex.uz/docs/-180552)