Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Komitent vositachiga haq toʻlashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni oʻz zimmasiga olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq ham toʻlashi shart. Agar shartnomada bu miqdor nazarda tutilgan boʻlmasa va u shartnomaning shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin boʻlmasa, haq miqdori ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Agar vositachilik shartnomasi komitentga bogʻliq sabablar bilan bajarilmagan boʻlsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 833-modda. Vositachilik haqi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/833 (lex.uz/docs/-180552)