Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Mijozning toʻlov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada koʻrsatilgan shaxsning hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun uni mablagʻ oluvchining bankiga ushbu Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qoʻyilgan muddatlarda oʻtkazishi shart.
Bank mijozning topshiriqnomasida koʻrsatilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlarini oʻtkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli.
Bank mijozning talabiga koʻra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 794-modda. Topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/794 (lex.uz/docs/-180552)